SUPERUZ.COM » Yangiliklar » Facebook video orqali pul ishlash imkonini yaratmoqda

Facebook video orqali pul ishlash imkonini yaratmoqda

Facebook video orqali pul ishlash imkonini yaratmoqda
Facebook kompaniyasi videoga pullik obunalarni ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Foydalanuvchilar buning evaziga u yoki bu video muallifining eksklyuziv mahsulotiga kirish va uning obunachisi belgisini olishi mumkin, deb xabar beradi kompaniya matbuot xizmati.

Obuna oyiga 4,99 dollar turadi, deb xabar qildi Recode nashri manbalarga tayanmagan holda. Video muallifi bu summadan 3,5 dollarni oladi – qolgan foiz Apple va Google’ga o'z platformalarida tranzaksiyalar o'tkazilgani uchun beriladi.

Recode’ning ta`kidlashicha, ijtimoiy tarmoq video mualliflari YouTube’ga o'tib ketmasliklari uchun obunalarni tashkil qilmoqda. Nashr ma`lumotiga ko'ra, yangi funksiyani sinovdan o'tkazish aprel oyi o'rtalarida boshlanadi. Dastlab obunalar faqat video mualliflarining cheklangan doirasiga taqdim etiladi, deya ma`lum qilishgan Facebook’dan.
Опубликовано: DoNni (20-03-2018, 19:37)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!



vote-iconОПРОС
SuperUZ.CoM saytini qayerdan topdingiz?
Qo`shiq reklamalaridan
Internet sahifalaridan
Klip reklamalaridan
Dustim taklif qildi
Uzim bilardim

РЕКЛАМА

Шаблоны для DLEторрентом
Всего на сайте: 10
Пользователей: 0
Гостей: 10