SUPERUZ.COM » Yangiliklar » YeChL. "Yuventus" 3 daqiqada 2ta gol urib, "Tottenhem"ni musobaqadan chiqarib yubordi

YeChL. "Yuventus" 3 daqiqada 2ta gol urib, "Tottenhem"ni musobaqadan chiqarib yubordi

YeChL. "Yuventus" 3 daqiqada 2ta gol urib, "Tottenhem"ni musobaqadan chiqarib yubordi
2017/18 yilgi Chempionlar Ligasi 1/8 finalining navbatdagi javob o'yinlari o'tkazildi.

Kunning markaziy o'yini Londonda "Tottenhem" va "Yuventus" klublari o'rtasida kechdi. Jamoalar o'rtasidagi ilk o'yin 2:2 hisobida yakunlangan edi. Londondagi bahs esa 1:2 hisobida turinlik foydasiga hal bo'ldi.

O'yindagi ilk gol 39-daqiqada mezbonlar tomonidan kiritildi. 64-daqiqada Iguain gol kiritib, oradagi farqni yo'qqa chiqardi. Turinliklarni keyingi bosqichga olib chiqqan gol 67-daqiqada Dibala tomonidan kiritildi.

Shu tariqa "Yuventus" ikki o'yin natijasiga ko'ra musobaqadagi yurishini davom ettiradigan bo'ldi.

Tottenhem Angliya – Yuventus Italiya 1:2

Gollar: 1:0 – 39 Son Xyon Min, 1:1 – 64 Iguain, 1:2 – 67 Dibala.
Tottenhem – Loris, Tripper, Sanches, Vertongen, Devis, Dembele, Dayyer (Lamela, 74), Eriksen, Alli (Lorente, 86), Son Xyon Min, Keyn.
Yuventus – Buffon, Bardzali, Benatiya (Lixtshtayner, 61), Kellini, Aleks Sandro, Pyanich, Duglas Kosta, Matyuidi (Asamoa, 60), Xedira, Dibala, Iguain (Sturaro, 83).
Ogohlantirishlar: Vertongen (28), Aleks Sandro (35), Pyanich (44), Benatiya (49), Kellini (53), Alli (56), Dembele (88).
Опубликовано: DoNni (8-03-2018, 04:05)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!



vote-iconОПРОС
Оцените наш сайт, как?
Супер!
Нормально
Плохо
Очень плохо

РЕКЛАМА

Шаблоны для DLEторрентом
Всего на сайте: 8
Пользователей: 2
Гостей: 6
gzqwxiuitbu azowwcmmxwo