SUPERUZ.COM » Yangiliklar » Samsung uzoq kutilgan Galaxy A8 va A8+ smartfonlarini namoyish etdi

Samsung uzoq kutilgan Galaxy A8 va A8+ smartfonlarini namoyish etdi

Samsung uzoq kutilgan Galaxy A8 va A8+ smartfonlarini namoyish etdi
Samsung uzoq kutilgan Galaxy A8 va A8+ smartfonlarini namoyish etdi

Samsung kompaniyasi nihoyat uzoq kutilgan Galaxy A8 va A8+ (2018) smartfonlarini namoyish etdi. Ta`kidlash joizki, yangi qurilmalarda Janubiy Koreya gigantining avvalgi devayslariga xos bo'lmagan smartfon kameralari konfiguratsiyasi qo'llandi. Namoyish etilgan ikki smartfon modeli o'rtasida farq u qadar katta emas.

Ikki devays ham bir necha xil rangda taqdim etiladi - qora, kulrang, tillarang va ko'k. Yangi qurilmalar xususiyatlari Adam Jons tomonidan androidcrunch.com resursi sahifalarida batafsil ko'rib chiqildi.
Samsung Galaxy A8 499 yevroga (taxminan 588 dollar) baholangan. Katta o'lchamlardagi Samsung Galaxy A8+ modeli narxi esa 599 yevro (taxminan 706 dollar)ni tashkil qiladi. Ikki qurilma ham 2018 yilning yanvar oyi boshlarida Yevropa bozorlariga chiqadi.

Yangi smartfonlarning o'ziga xos xususiyati devayslarning oldi panelida joylashgan ikki kamera hisoblanadi. Bu aqlli telefonlar Samsung kompaniyasining ikki old kamerali ilk smartfonlaridir. Yangi qurilmalar 18,5X9 o'lchamli Full HD+ Infinity Super AMOLED-displeylar bilan jihozlangan. Moslashuvchan shisha devayslarning old va orqa tomonlariga joylangan.

Bundan tashqari, smartfonlar premium dizayni bilan ajralib turadi.

Samsung Galaxy A8'ning operativ xotirasi hajmi 4 Gb'ni tashkil qiladi. Ichki xotira esa versiyaga qarab farqlanadi - 32 va 64 Gb. Yangi qurilmada 256 Gb'gacha sig'imli micro SD xotira kartasini qo'llash mumkin. Samsung Galaxy A8 qurilmasi Android 7.1.1 operatsion tizimga ega. U Dual SIM'ni qo'llab-quvvatlaydi. Orqa panelida f/1.7 diafragmali 16 Mp'li asosiy LED-kamera joylashgan. Devaysning old panelidagi kamera esa f/1.9 diafragmali 16 Mp'li sensor ikkinchi - diafragma ko'rsatkichi f/1.9 bo'lgan 8 Mp'li sensor bilan uyg'unlashadi.
Samsung Galaxy A8 3000 mAs sig'imli akkumulyator bilan ta`minlangan. Yangi qurilma qator ulanish optsiyalari bilan quvvatlanadi 4G VoLTE, Wi-Fi 802.11ac (2.4/5GHz), Bluetooth v5, NFC, USB Type-C. Smartfon korpusi IP68 standartiga muvofiq namlik va changdan himoyalangan. Smartfonning orqa panelidagi kamera ostida barmoq izlari skaneri mavjud. Samsung Galaxy A8 o'lchamlari — 149,2 (bo'yi) x 70,6 (kengligi) x 8,4 (qalinligi) mm. Og'irligi - 172 gramm.

Samsung Galaxy A8+ katta o'lchamli displeyga ega. Bu smartfon 6 dyuymli Full HD+ Super AMOLED-ekran bilan ta`minlangan. Samsung Galaxy A8+ kameralari xususiyatlari yuqorida qayd etilgan Samsung Galaxy A8 kabidir. Mazkur modelning ikki xil varianti mavjud. Ulardan biri 6 Gb operativ va 64 Gb ichki xotiraga ega. Ikkinchi aqlli telefon variantining operativ xotirasi 4 va 32 Gb'ni tashkil etadi. Shuningdek 256 Gb'gacha micro SD kartalarini qo'llash mumkin. Yangi qurilma ikki SIM-kartani qo'llab-quvvatlay oladi.

Katta o'lchamlardagi telefonning birinchisidan farqi - uning 3500 mAs sig'imli batareyasida. Ulanish optsiyalari - 4G VoLTE, Wi-Fi 802.11ac (2.4/5GHz), Bluetooth v5, NFC, USB Type-C. Bu smartfon ham chang va suvdan himoyalangan. Samsung Galaxy A8+ o'lchamlari - 159,9 (bo'yi) x 75,7 (eni) x 8,3 (qalinligi) mm. Og'irligi - 191 gramm.
Опубликовано: DoNni (21-12-2017, 23:23)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!







vote-iconОПРОС
Оцените наш сайт, как?
Супер!
Нормально
Плохо
Очень плохо

РЕКЛАМА

Шаблоны для DLEторрентом
Всего на сайте: 46
Пользователей: 2
Гостей: 44
exmwzfcqcrh nxtvyfnhgmv