SUPERUZ.COM » Yangiliklar » “Nima uchun yo'q ekan”. Britaniyalik ho'l arqon orqali internet o'tkazdi

“Nima uchun yo'q ekan”. Britaniyalik ho'l arqon orqali internet o'tkazdi

“Nima uchun yo'q ekan”. Britaniyalik ho'l arqon orqali internet o'tkazdi
Andrews & Arnold internet-provayderi muhandisi Edrian Kennard uzunligi 2 metrlik ho'l arqon orqali internet o'tkazdi. U soniyasiga 3,5 megabit tezlik bilan internetga ulana olgan.

“Rostini aystam, bu menga qiziq bo'ldi”, deb aytgan Kennard. Uning aytishicha, u tajribadan na o'zi, na kompaniiyasi uchun naf borligini ko'rmayapti. Kennardning qo'shimcha qilishicha, agar arqonga alyuminiy bankasi keltirilsa, bonus sifatida yana telefon liniyasini ham olasiz”, deb aytgan muhandis.

Erkak modemlarga mo'ljallangan ADSL-liniyani yaratish uchun tuz bilan to'yintirilgan ikkita 2 metrlik ho'l arqon olgan. U arqonlarni kompyuter va testerga ulagan. So'ngra erkak ma`lumotlar o'tkazilishi tezligini o'lchab, ikki qurilma o'rtasida ulanish bo'lganini ko'rgan: 3,5 megabit kiruvchi va 67 kilobayt chiquvchi ma`lumot qayd qilingan.
Surrey universiteti professori Jim al-Haliliy ho'l arqon internetni o'tkazish uchun nega to'g'ri kelishini tushuntirgan.

“Ho'l arqon mis sim kabi elektr tokini uncha yaxshi o'tkazmada-sa, bu vaziyatda gap tok haqida ketmayapti. Arqon elektromagnit to'lqinni uzatish uchun xizmat qilgan va keng polosali signal juda yuqori bo'lgani uchun u nimadan qilingani ahamiyatsizdir”, deb aytgan al-Haliliy.
Опубликовано: DoNni (14-12-2017, 19:48)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!







vote-iconОПРОС
Оцените наш сайт, как?
Супер!
Нормально
Плохо
Очень плохо

РЕКЛАМА

Шаблоны для DLEторрентом
Всего на сайте: 46
Пользователей: 2
Гостей: 44
exmwzfcqcrh nxtvyfnhgmv