SUPERUZ.COM » Yangiliklar » O'zbekiston terma jamoasi o'rtoqlik o'yinida Tailandni mag'lubiyatga uchratdi

O'zbekiston terma jamoasi o'rtoqlik o'yinida Tailandni mag'lubiyatga uchratdi

O'zbekiston terma jamoasi o'rtoqlik o'yinida Tailandni mag'lubiyatga uchratdi



O'zbekiston milliy terma jamoasi bugun, 6 iyun kuni Toshkent shahrida Tailand futbolchilari bilan o'zaro bahs olib bordi. “Bunyodkor” stadionida o'tkazilgan o'rtoqlik o'yinida O'zbekiston termasi 2:0 hisobida zafar quchdi.

Uchrashuvning 68-daqiqasida Eldor Shomurodov tomonidan uzatilgan to'pni Temurxo'ja Abduxoliqov raqib darvozasiga kiritdi. O'yin yakunida Sardor Rashidov chiroyli zarba bilan hisobni oshirishga muvaffaq bo'ldi. Qayd etish joiz, Samvel Babayan mazkur o'yinda tajribaviy tarkibni sinovdan o'tkazdi.

Mazkur o'yin O'zbekiston termasi uchun Eronga qarshi 12 iyun kuni o'tkaziladigan JCh–2018 saralash o'yiniga tayyorgarlik vazifasini o'tadi. Tailand termasi o'z navbatida 13 iyun sanasida BAAga qarshi to'qnash keladi.

O'rtoqlik uchrashuvi
Toshkent, “Bunyodkor”
6 iyun, seshanba

O'zbekiston – Tailand 2:0

Gollar: Temurxo'ja Abduxoliqov (68), Sardor Rashidov (90+2)

Ogohlantirish: Tanabun Kesarat (86)

O'zbekiston: Aleksandr Lobanov, Stanislav Andreyev, Yegor Krimets, Otabek Shukurov, Akmal Shorahmedov, Aziz Haydarov (Murod Xolmuhamedov, 82), Vadim Afonin, Server Jyeparov (Temurxo'ja Abduxoliqov, 62), Jaloliddin Masharipov (Eldor Shomurodov, 46), Marat Bikmayev (Sardor Rashidov, 52), Igor Sergeyev (Aleksandr Geynrix, 67).

Tailand: Sintxavichai Xatxairattakul, Kevin Diromram, Pansa Xemvibun, Chalermpong Kerdkayev, Narubadin Viravatnodom (Puttinan Vannasri, 72), Titipan Puangjan (Piradol Chamrasami, 79), Tanabun Kesarat, Sanravat Dechmitr (Tiratep Vinotay, 63), Bordin Pala (Rungrut Pumichantuk, 83), Nurul Sriyankem (Chutipon Tangtai, 62), Sirod Chattong (Chayavat Buran, 90).
Опубликовано: DoNni (7-06-2017, 00:05)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!



vote-iconОПРОС
Оцените наш сайт, как?
Супер!
Нормально
Плохо
Очень плохо

РЕКЛАМА

Шаблоны для DLEторрентом
Всего на сайте: 18
Пользователей: 7
Гостей: 11
lzqwwfkrfxn byxzvctcqvp kxwwxkjalyf bfwereh vhyzgthlxb isurisafe Mihaelxxe