SUPERUZ.COM » Yangiliklar » Turkiya Rossiya bilan S-400 borasida kelishuvga erishdi

Turkiya Rossiya bilan S-400 borasida kelishuvga erishdi

Turkiya Rossiya bilan S-400 borasida kelishuvga erishdi

Turkiya va Rossiya S-400 tizimlarini xarid qilish bo'yicha bir to'xtamga keldi. Endilikda, uning qiymati va birgalikda ishlab chiqarish masalalari o'rganib chiqilmoqda. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho'g'li jurnalistlarga ma`lum qildi.

"Biz S-400 bilan bog'liq barcha mavzularda muzokaralarni davom ettirayapmiz. Uni hamkorlikda ishlab chiqish va narxi xususidagilar shular jumlasidan. Bir qarashda biz kelishib oldik, biroq texnik masalalar bo'yicha biror narsa deya olmayman", - deya vazir so'zlarini keltiradi Milliyet gazetasi.

Chavusho'g'li, shuningdek, Turkiya Rossiyaning zenit-raketa tizimlarini xarid qilishi, "o'zining havo hujumidan mudofaa imkoniyatlarini kuchaytirishi lozim"ligini aytgan.

Turkiya va Rossiya S-400 tizimlarini xarid qilish bo'yicha muzokaralar olib borayotgani o'tgan yil noyabr oyida ma`lum bo'lgandi. Shu yilning mart oyida esa, "Rostex" davlat korporatsiyasi Sergey Chemezov, Turkiya S-400 ZRT kabi qurol-yarog'larni xarid qilish uchun Rossiyadan kredit olish maqsadida ekanini bildirgan edi.
Опубликовано: DoNni (28-04-2017, 20:20)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!



vote-iconОПРОС
SuperUZ.CoM saytini qayerdan topdingiz?
Qo`shiq reklamalaridan
Internet sahifalaridan
Klip reklamalaridan
Dustim taklif qildi
Uzim bilardim

РЕКЛАМА

Шаблоны для DLEторрентом
Всего на сайте: 15
Пользователей: 5
Гостей: 10
awjzwkiqote dxvwziogxdr hvwxwewrrsg oicxrqb isurisafe