SUPERUZ.COM » Yangiliklar » OnePlus kompaniyasi Galaxy S8'ning 500 dollarlik "qotili"ni ishlab chiqarmoqda

OnePlus kompaniyasi Galaxy S8'ning 500 dollarlik "qotili"ni ishlab chiqarmoqda

OnePlus kompaniyasi Galaxy S8'ning 500 dollarlik "qotili"ni ishlab chiqarmoqda
Xitoyning OnePlus kompaniyasi 500 dollar evaziga Samsung Galaxy S8'ning "qotili"ni ishlab chiqarmoqda. OnePlus 5 smartfoni ramkasiz ekran, Snapdragon 835 protsessori, 8 Gb operativ xotirasi, ikkilamchi kameraga ega bo'ladi. Uning narxi 500 dollardan qimmat bo'lmasligi kutilmoqda. Bu haqida Phonearena'da ma`lum qilindi.

Nashr OnePlus 5'ning Samsung flagmani bilan bellashish imkonini beruvchi kamida besh asosiy xususiyatini sanab o'tdi.

Dizayn va tarkib

OnePlus 5 smartfoni Samsung Galaxy S8 flagmani kabi ramkasiz dizayn va Home tugmasining yo'qligidan tashqari, 1440X2660 pikselli 5,5 dyuymli displeyga ega bo'ladi. Barmoq izlari skaneri, xitoylik ishlab chiqaruvchilarga xos bo'lganidek, qurilmaning orqa panelida joylashadi.

Operativ xotira hajmi

OnePlus 5 operativ xotiraning fantastik hajmi - 8 Gb'ga ega bo'ladi, bu koreyalik raqibiga nisbatan 1,5-2 barobar ko'p degani.

Kamera

Kameraning texnik xususiyatlari Samsung'ni ham ortda qoldiradi: asosiy ikkilamchi kamera 23 megapikselga ega bo'ladi, frontal kamera esa - 16 megapikselga. Shunday bo'lsa-da, Phonearena Galaxy S8 flagmanida olingan suratlar sifati yuqoriroq bo'lishini taxmin qilmoqda.

Akkumulyator

OnePlus 5 akkumulyatori sig'imi, turli ma`lumotlarga ko'ra, yo 3500 mAs, yoki 4000 mAs. Bu smartfonning qulay avtonom faoliyatini ta`minlash uchun yetarli.

Narxi

Galaxy S8 va S8'dan farqli o'laroq, OnePlus 5 smartfonini qo'lga kiritish 500 dollardan qimmatga tushmasligi ta`kidlanmoqda.

Umuman olganda, Koreya giganti bilan raqobatlashish uchun yaxshi texnik xususiyatlarning o'zigina yetarli emas. OnePlus 5 Yevropa va Amerika uyali aloqalari tarmoqlarida beqaror ishlashi mumkin, buning ustiga texnik qo'llab-quvvatlanishda ham muammolar yuzaga kelish ehtimoli mavjud.
Опубликовано: DoNni (11-04-2017, 20:31)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!







vote-iconОПРОС
Оцените наш сайт, как?
Супер!
Нормально
Плохо
Очень плохо

РЕКЛАМА

Шаблоны для DLEторрентом
Всего на сайте: 39
Пользователей: 5
Гостей: 34
mwzxygwggnr dymyvjchyjl vszyfvzaql orepbrootte quonfourb