SUPERUZ.COM » Yangiliklar » O'zbekiston U-22 Qatar yoshlarini mag'lubiyatga uchratdi

O'zbekiston U-22 Qatar yoshlarini mag'lubiyatga uchratdi

O'zbekiston U-22 Qatar yoshlarini mag'lubiyatga uchratdi

Shu kunlarda Qatar poytaxti Doha shahrida o'quv-mashg'ulotlar yig'inini o'tkazayotgan O'zbekiston U-22 terma jamoasi bugun Qatar U-22 termasiga qarshi bahs olib bordi.

“Hamad Bin Xalifa” stadionida o'tkazilgan bellashuvda Jasur Abduraimov bosh murabbiyligidagi jamoa 3:1 hisobida zafar quchdi. O'zbekiston U-22 safida barcha gollarga Zabihillo O'rinboyev mualliflik qildi.

O'zbekiston U-22 terma jamoasi navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini Kanada yoshlariga qarshi o'tkazadi. Ushbu o'yin 25 mart kuni bo'lib o'tadi.

Mazkur o'quv-mashg'ulotlar yig'ini Jasur Abduraimov jamoasi uchun 2018 yili Xitoyda bo'lib o'tadigan U-23 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi uchun tayyorgarlik vazifasini o'taydi.

O'rtoqlik uchrashuvi
Qatar, Doha
23 mart, payshanba

Qatar U-22 – O'zbekiston U-22 — 1:3

Gollar: Zabihillo O'rinboyev (1, 55, 60)

O'zbekiston: Botirali Ergashev (Umid Ergashev, 85), Rustam Ashurmatov, Doston Tursunov, Husniddin G'ofurov (Islom Qobilov, 85), Abdujamol Isroilov (Xojiakbar Alijonov, 85), Aziz G'aniyev (Hurshid G'iyosov, 52), Jasur Yaxshiboyev (Begzod G'anijonov, 75), Jamshid Yusupov (Javohir Siddiqov, 29), Javohir Kahramonov (Dostor Ibragimov, 75), Akramjon Komilov (Xushnudbek Avilov, 85), Zabihillo O'rinboyev (Andrey Sidorov, 75).
Опубликовано: DoNni (23-03-2017, 22:20)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!



vote-iconОПРОС
Оцените наш сайт, как?
Супер!
Нормально
Плохо
Очень плохо

РЕКЛАМА

Шаблоны для DLEторрентом
Всего на сайте: 5
Пользователей: 0
Гостей: 5