SUPERUZ.COM » Yangiliklar » Hindistonning xususiy kompaniyasi 2018-yilda Oyga o‘ziyurar qurilmani yuborishni rejalashtirmoqda

Hindistonning xususiy kompaniyasi 2018-yilda Oyga o‘ziyurar qurilmani yuborishni rejalashtirmoqda

Hindistondagi Team Indus xususiy kompaniyasi 2018-yilda Oyga o‘ziyurar qurilma jo‘natish va tadqiqotlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Hindistonning xususiy kompaniyasi 2018-yilda Oyga o‘ziyurar qurilmani yuborishni rejalashtirmoqda

Kompaniya raketa eltuvchini uchirish yuzasidan mamlakat koinot tadqiqotlari milliy agentligi (ISRO) bilan kelishib olishga ulgurdi. Buning uchun kompaniyaga 2017-yil 28-dekabridan boshlab 3 kun muddat beriladi. Oy sathiga koinot qurilmasi 2018-yil 26-yanvarda qo‘nishi lozim.

Parvozga 60 million dollar sarflanadi. Bundan 20 millioni universitetlar va xususiy tizimlardan olinadi, qolgan xarajatlarni homiylar qoplaydi.

Qo‘ngandan so‘ng qurilma kamida 500 metr yurishi, hududni foto va videoga olishi hamda Yerga jo‘natishi lozim. Agar mazkur shartlar bajarilsa, Team Indus’ga Google kompaniyasidan Google Lunar XPRIZE mukofoti g‘olibi sifatida 30 million dollar taqdim etiladi.
Опубликовано: DoNni (6-12-2016, 11:00)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!



vote-iconОПРОС
Оцените наш сайт, как?
Супер!
Нормально
Плохо
Очень плохо

РЕКЛАМА

Шаблоны для DLEторрентом
Всего на сайте: 5
Пользователей: 0
Гостей: 5