SUPERUZ.COM » Yangiliklar » 2020-yilda Fransiyada plastik idishlar taqiqlanadi

2020-yilda Fransiyada plastik idishlar taqiqlanadi

Fransiyada qabul qilingan yangi qonunga ko‘ra, 2020-yildan e’tiboran mamlakatda bir martalik plastik idishlarni sotish taqiqlanadi. U paytga qadar ishlab chiqaruvchilar barcha mavjud plastik mahsulotlarni utilizatsiyadan o‘tkazishi lozim bo‘ladi va shundan so‘ng bu turdagi mahsulotlarni faqat biologik parchalanadigan materiallardan tayyorlash huquqiga ega bo‘ladi, deb xabar beradi “Interfaks”.
2020-yilda Fransiyada plastik idishlar taqiqlanadi
Bundan tashqari, 2017-yildan Fransiyada do‘konlarda xaridorlarga faqat qog‘ozli paketlar va matoli sumkalar beriladigan bo‘ldi.

Ushbu qonun ekologiyani himoyalash, shuningdek, plastik chiqindilarni qayta ishlashga ketadigan elektr sarfini qisqartirish maqsadida qabul qilindi.

Pack2Go Europe Yevropa paket ishlab chiqaruvchilari uyushmasi bu tashabbusga qarshi chiqmoqda. Uning fikricha, taqiq Yevropa ittifoqi huquqiy me’yorlariga zid keladi.

Shuningdek, qonunni ekologiya vaziri Segolen Ruayal tanqid ostiga oldi. Uning ta’kidlashicha, tashabbus birinchi navbatda bir martalik idishdan ko‘p foydalanadigan kam ta’minlangan oilalarga zarba bo‘ladi.
Опубликовано: DoNni (20-09-2016, 20:13)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!



vote-iconОПРОС
Оцените наш сайт, как?
Супер!
Нормально
Плохо
Очень плохо

РЕКЛАМА

Шаблоны для DLEторрентом
Всего на сайте: 10
Пользователей: 2
Гостей: 8
Georgepap Russellsah