SUPERUZ.COM » Yangiliklar » Argentina prezidenti: Lionel Messi JCh–2018 turnirida ishtirok etadi

Argentina prezidenti: Lionel Messi JCh–2018 turnirida ishtirok etadi

“Barselona” hujumchisi Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida 2018-yili Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etadi. Bu haqda Argentina prezidenti Maurisio Makri ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Argentina prezidenti: Lionel Messi JCh–2018 turnirida ishtirok etadi
“Messi Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etadi va jamoa yetakchisi bo‘ladi. Ishonchim komil, u yana eng yaxshilaridan biriga aylanadi. Messi Argentinaning buyuk futbolchisi va u o‘zini qulay his qilishi uchun o‘z minnatdorchiligimizni ko‘rsatishimiz kerak”, – dedi Makri.
Argentina prezidenti avvalroq ham 29 yoshli futbolchining mamlakat termasi safiga qaytishiga ishonch bildirgandi.Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi Chiliga qarshi (0:0, penaltilar bo‘yicha: 2:4) Amerika Kubogi–2016 finalidagi mag‘lubiyatdan so‘ng terma jamoadagi ishtirokini yakunlashini e’lon qilgandi.Messini o‘z fikridan qaytarish uchun Buenos-Ayresda unga atalgan haykal o‘rnatildi. Shuningdek, ushbu shaharda yuzlab argentinaliklar Messining terma jamoaga qaytishini so‘rab aksiya uyushtirgan edi.
Ma’lumot uchun, Argentina terma jamoasi Messi bilan to‘rtta – 2007, 2015 va 2016-yillarda Amerika Kubogi finallarida hamda 2014-yili Jahon chempionati finalida imkoniyatni boy bergandi.
Опубликовано: DoNni (6-08-2016, 22:40)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!



vote-iconОПРОС
SuperUZ.CoM saytini qayerdan topdingiz?
Qo`shiq reklamalaridan
Internet sahifalaridan
Klip reklamalaridan
Dustim taklif qildi
Uzim bilardim

РЕКЛАМА

Шаблоны для DLEторрентом
Всего на сайте: 10
Пользователей: 5
Гостей: 5
lexfnvu hvfxxglmiyo lzlwvbftfkc bxwxvguqenr zpxxagrpzb