SUPERUZ.COM » Yangiliklar » Samsung Galaxy Note 7 rasman taqdim etildi (foto)

Samsung Galaxy Note 7 rasman taqdim etildi (foto)

Samsung kompaniyasi firma stilusiga ega Galaxy Note 7 flagman smartfonini Samsung Galaxy Unpacked 2016 konferensiyasi doirasida bir vaqtning o‘zida uchta shahar — Nyu-York, Rio-de-Janeyro va Londonda taqdim etdi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”.
Samsung Galaxy Note 7 rasman taqdim etildi (foto)
Galaxy Note 7 suv va changdan himoyalangan korpusga ega bo‘ldi. Smartfon stilusi hatto suv ostida ham ishlay oladi — Samsung qurilmalari avvallari bunday qobiliyatga ega emasdi.
Samsung Galaxy Note 7 rasman taqdim etildi (foto)
Yana bir yangilik — ko‘zning rangdor pardasi skaneri. Tizim qo‘llaringiz kirlangan yoki nam bo‘lsa, yoxud qo‘lqop kiygan bo‘lsangiz ham, smartfonni blokdan chiqarish imkonini beradi.
Samsung Galaxy Note 7 rasman taqdim etildi (foto)
Samsung Galaxy Note 7 Qualcomm Snapdragon 821 va Exynos 8 Octa 8893 chipsetlariga ega ikki xil versiyada chiqariladi.
Samsung Galaxy Note 7 rasman taqdim etildi (foto)
Shuningdek, smartfon 4 Gb tezkor va 64 Gb ichki xotira (+microSD 256 gigabaytgacha), 5,7 dyuymli va 2560×1440 pikselli Super AMOLED displey (ikki yoni ham qayrilgan), 12 megapikselli asosiy va 5 megapikselli old kamera, 3500 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘ldi.
Samsung Galaxy Note 7 rasman taqdim etildi (foto)
Bundan tashqari, qurilmaga giroskop, akselerometr, raqamli kompas, barmoq izi skaneri o‘rnatilgan.

Galaxy Note 7 Android 6.0 operatsion tizimi bazasidagi New Grace UX qobig‘ida ishlaydi. Smartfon kumush rang, qora, havo rang va tilla rangda chiqariladi.
Samsung Galaxy Note 7 rasman taqdim etildi (foto)
2-avgust kuni Samsung Galaxy Note 7 faqat Janubiy Koreyada sotuvga chiqdi. Birinchi to‘lqin mamlakatlari (Avstraliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gonkong, Kanada, Xitoy, Yangi Zelandiya, Puerto-Riko, Singapur, Fransiya, Yaponiya va AQSh)da yangi smartfon 16-avgustda paydo bo‘ladi.

Qurilma Rossiya hududida rasman 2016-yilning 26-avgustida 64 990 rubl (taxminan 973 dollar)dan sotila boshlaydi.
Опубликовано: DoNni (4-08-2016, 00:21)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!







vote-iconОПРОС
Оцените наш сайт, как?
Супер!
Нормально
Плохо
Очень плохо

РЕКЛАМА

Шаблоны для DLEторрентом
Всего на сайте: 36
Пользователей: 5
Гостей: 31
lwxvvgdnzid mwzxygwggnr dymyvjchyjl vszyfvzaql orepbrootte