SUPERUZ.COM » Yangiliklar » O‘zbekistonlik olimpiyachilar Braziliyaga jo‘nab ketdi

O‘zbekistonlik olimpiyachilar Braziliyaga jo‘nab ketdi

Shu munosabat bilan Toshkent xalqaro aeroportida o‘tkazilgan marosimda davlat va jamoat tashkilotlari, sport jamoatchiligi vakillari, sportchilarning ota-onalari, ommaviy axborot vositalari xodimlari jam bo‘ldi.

Tadbirda O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi raisi M. Usmonov, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi bosh direktori V. Tyan va boshqalar ishtirok etdi.

Davlat rahbarining 2013-yil 25-fevraldagi “O‘zbekiston sportchilarini 2016-yilda Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo‘lib o‘tadigan XXXI yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya o‘yinlariga tayyorlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq sportchilar nufuzli musobaqaga puxta tayyorgarlik ko‘rdi.

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tadigan bu galgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sportchilari akademik eshkak eshish, badiiy gimnastika, baydarka va kanoeda eshkak eshish, boks, dzyudo, yengil atletika, og‘ir atletika, sport gimnastikasi, stol tennisi, suzish, taekvondo (WTF), tennis, trampolin, o‘q otish, erkin va yunon-rum kurashi kabi qator sport turlari bo‘yicha bahslashadi.

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Soib Qurbonov va Gulnoza Matniyozova, og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Ivan Yefremov sportchilar nomidan so‘zga chiqdi.

O‘zbekiston sport delegatsiyasi Rio-de-Janeyro shahriga “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining maxsus samolyotida jo‘nab ketdi.
Опубликовано: Admin (1-08-2016, 20:49)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!



vote-iconОПРОС
Оцените наш сайт, как?
Супер!
Нормально
Плохо
Очень плохо

РЕКЛАМА

Шаблоны для DLEторрентом
Всего на сайте: 11
Пользователей: 5
Гостей: 6
evivxjzegcl Aliceshople vgvvfzephl lexfnvu hvfxxglmiyo