SUPERUZ.COM » Yangiliklar » Xitoy 5G internet bozorida yetakchilik qilishi aytilmoqda

Xitoy 5G internet bozorida yetakchilik qilishi aytilmoqda

Xitoy 5G internet bozorida yetakchilik qilishi aytilmoqda
Xitoyning 5G mobil tarmoqlarini yaratish bo'yicha yetakchi bo'lishga intilishi mamlakatni keyingi 5 yil ichida OTT (internet orqali videoxizmatlar ko'rsatish) bozorida yetakchiga aylantirishi mumkin. Biroq Pekinning ijodiy kontentni ishlab chiqarish va eksport qilishni kuchli nazorati qilishi bunda asosiy to'siq bo'ladi, deb yozmoqda Variety nashri.

5G tarmoqlarda ma`lumotlarni uzatish tezligi 4G’nikidan o'nlab marta tezroq bo'lishi kutilmoqda. Ba`zi baholashlarga ko'ra, bunday tarmoq orqali HD-sifatdagi 2 soatlik filmni ko'chirib olish uchun bor-yo'g'i 12 soniya kifoya qiladi. Bunday tezlik internet orqali videolarni uzatish uchun mo'ljallangan OTT (over-the-top) texnologiyasini kengroq qo'llash imkonini beradi. Nashrning fikricha, yangi tarmoqlar evaziga videokontent bozori Xitoyda ancha kengayadi. Tahlilchilar Xitoyda 5G abonentlari soni 2020 yilgacha yarim milliardga yetishi, bu esa dunyodagi abonentlarning yarmini tashkil qilishini prognoz qilmoqdalar.

Xitoyning texnologiyalar, ommaviy axborot vositalari va telekommunikatsiyalar departamenti PwC rahbari Uilson Chouning aytishicha, Xitoyda 5G 2020 yildan joriy qilinadi. “HD-video uzatish tezligi va barqarorligini oshiruvchi 5G tarmoqlar foydalanuvchilarning ishini ancha yaxshilaydi va shu tariqa, Xitoyda OTT sanoati rivojiga yordam beradi”, deb aytmoqda Chou.

Nashrning fikricha, Xitoy hukumati tomondan kontent va internet ustidan qattiq nazorat mamlakatda OTT texnologiyalarni rivojlantirishda katta to'siq bo'ladi. Joriy yozda Xitoy kiberhudud sohasida yangi qonunlarni qabul qildi, bu esa xorijiy filmlarni sotishga jiddiy zarba bo'ldi.

Biroq Chouning aytishicha, keyingi 5 yilda Xitoyda bepul televideniyedan pullik videoxizmatlar tomon katta qadam tashlash yuz beradi. Bu o'z navbatida senzuraning qat`iyligiga qaramasdan, tarmoqning barqaror o'sishiga olib keladi. “Biz OTT bozori keyingi 5 yil ichida 20 foizga oshishini, ya`ni 2021 yilda 4,5 mlrd dollarga yetishini kutmoqdamiz”, deb aytgan Chou.

iPhone’ning yangi versiyalarini yaratish ustida ishlayotgan muhandislar 5G texnologiyasini rivojlantirish uchun Intel bilan hamkorlik qilmoqdalar. Shu bilan birga Apple’ning yangi avloddagi modemlarni yetkazib berishda yetakchi bo'lgan Qualcomm bilan hamkorligi tugatilishi mumkin.
Опубликовано: DoNni (28-11-2017, 20:48)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!





vote-iconОПРОС
SuperUZ.CoM saytini qayerdan topdingiz?
Qo`shiq reklamalaridan
Internet sahifalaridan
Klip reklamalaridan
Dustim taklif qildi
Uzim bilardim

РЕКЛАМА

Шаблоны для DLEторрентом
Всего на сайте: 35
Пользователей: 8
Гостей: 27
Admin cxovyamaiwh mvazydcphqw ymwybevwlq Leoninfaf hxpzwidrmhh MichaelUnmat avkwxbmbqzi