SUPERUZ.COM » Yangiliklar » Terminator va gubernator. Arnold Shvartsenegger 70 yoshga to'ldi

Terminator va gubernator. Arnold Shvartsenegger 70 yoshga to'ldi

Terminator va gubernator. Arnold Shvartsenegger 70 yoshga to'ldi
Terminator va gubernator. Arnold Shvartsenegger 70 yoshga to'ldi
Terminator va gubernator. Arnold Shvartsenegger 70 yoshga to'ldi
Terminator va gubernator. Arnold Shvartsenegger 70 yoshga to'ldi
30 iyul kuni Arnold Shvartsenegger — sportchi, aktyor, siyosatchi, tadbirkor, bir so'z bilan mashhur inson — 70 yoshni qarshiladi.

Arnoldning sportga kirib kelishi otasi bilan bog'liq. Aynan uning qistovi bilan dastlab u futbolchi bo'lib yetishib chiqishi mumkin edi. Biroq, Arnold o'sha vaqtlar uchun yangi sport turi bo'lgan — bodibildingda o'zini sinab ko'rishga qaror qildi va bu turda juda ko'plab muvaffaqiyatlarga erishdi, maxsus «Mister Universe» mukofotini qo'lga kiritdi va buning natijasida, tug'ilib o'sgan Avstriyasidan AQShga borish imkoniyatni qo'lga kiritdi.

Hollivud Arnoldni darhol qabul qilgani yo'q, ammo bu ma`lum muddatda o'zining aqlbovar qilmas harakati bilan ham tilni, ham aktyorlik mahoratini chuqur o'rgandi. Natijada esa u kinosanoatning eng e`tiborli va yorqin yulduzlaridan biriga aylana oldi. «Terminator», «Egizaklar», «So'nggi kino qahramon», «Yirtqich», «Kommando» — bu kinoasarlar o'z davrida butun dunyoning eng sevimli filmlari qatoridan joy oldi.

Bu kabi mashhurlik Arnoldga kamlik qildi va 2003 yilda Shvartsenegger Kaliforniya shtati gubernatorligiga saylandi. Bu davrda u kinodagi faoliyatini to'xtatdi. Kinoga qaytish yana 10 yildan so'ng sodir bo'ldi. Yaqinda esa Jyeyms Kemeron «Terminator»ning yana bir trilogiyasini suratga olish rejasi haqida e`lon qildi. Bu esa 70 yoshli Arnoldning biografiyasini yana bir qiziqarli sahifa bilan boyitishiga shubha yo'q.
Опубликовано: DoNni (4-08-2017, 01:31)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!

vote-iconОПРОС
Оцените наш сайт, как?
Супер!
Нормально
Плохо
Очень плохо

РЕКЛАМА

Шаблоны для DLEторрентом
Всего на сайте: 24
Пользователей: 7
Гостей: 17
kzfvwikpwph gzvvvatpico fvjvxhwiujr dypywgfmnfw lvtxybvwffi Dwanaorance xivxcgfils