SUPERUZ.COM » Yangiliklar » Taniqli san`atkorlar musiqa maktablariga direktor etib tayinlanadi

Taniqli san`atkorlar musiqa maktablariga direktor etib tayinlanadi

Taniqli san`atkorlar musiqa maktablariga direktor etib tayinlanadi

3 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida bo'lib o'tgan videoselektor yig'ilishida ma`lum qilinishicha, O'zbekistonda “Ilhom” yangi jamoat fondi tashkil etiladi. Bu jamoat fondi bastakorlar, yozuvchilar, jurnalistlar va rassomlar uchun bo'ladi.

Shuningdek, Zominda “Yozuvchilar uyi” qurilishi ma`lum qilingan. U yerda bitta xona har bir yozuvchiga ijod qilish uchun bir yilga beriladi. Iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash uchun Oliy adabiyot kursi tashkil etiladi.

Yig'ilishda ta`kidlanishicha, madaniyat vaziri O'zbekiston davlat konservatoriyasiga rektor bo'ladi. Madaniyat vazirligiga esa Taras Shevchenko ko'chasidagi “Asakabank” binosi beriladi.

Madaniyat va san`at oliygohlari, san`at-musiqa maktablari faoliyati tubdan ko'rib chiqiladi. Har bir musiqa maktabiga taniqli san`atkorlar direktor etib tayinlanadi. Xususan, Ozodbek Nazarbekov, G'ulomjon Yoqubov, Zulayho Boyxonova, Gulsanam Mamazoitova shunday maktablarga direktor bo'lishi aytilgan. Bundan tashqari, Afzal Rafiqov yosh diktorlar maktabiga rahbar bo'lishi xabar berildi.
Опубликовано: DoNni (4-08-2017, 01:33)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!

vote-iconОПРОС
Оцените наш сайт, как?
Супер!
Нормально
Плохо
Очень плохо

РЕКЛАМА

Шаблоны для DLEторрентом
Всего на сайте: 25
Пользователей: 7
Гостей: 18
kzfvwikpwph gzvvvatpico fvjvxhwiujr dypywgfmnfw lvtxybvwffi Dwanaorance xivxcgfils