SUPERUZ.COM » Yangiliklar » Ronalduning yaxtasida tintuv o'tkazildi. Endi u yana ketish harakatiga tushishi mumkin

Ronalduning yaxtasida tintuv o'tkazildi. Endi u yana ketish harakatiga tushishi mumkin

Ronalduning yaxtasida tintuv o'tkazildi. Endi u yana ketish harakatiga tushishi mumkin

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu bugun yana bir bor soliq organlari vakillari bilan muammoga duch keldi.

Hola nashri xabariga ko'ra, soliq inspeksiyasining bojxona departamenti xodimlari Balear orollarida oilasi bilan dam olayotgan futbolchining yaxtasida tintuv o'tkazgan. Bu tintuv uning soliq to'lamagani bilan bog'liq mojaroga aloqador bo'lishi mumkin.

Bojxonachilar qurollangan politsiyachilar bilan hamkorlikda 1,5 soat davomida futbolchi bo'lgan yaxtani tintuv qilgan.

Qayd etilishicha, yaxta Ronalduga tegishli emas, ta`til vaqtida ijaraga olingan. Tintuv paytida Ronaldu oilasi bilan yaxta ichida bo'lgan.

Ayni vaqtda Ronaldu Ispaniyada 14,7 million yevro miqdoridagi soliqni to'lamaganlikda ayblanmoqda. Futbolchi esa bu ishda o'zini aybsiz hisoblaydi va talab etilayotgan mablag'ni to'lamoqchi emas.

Ronalduning ishi bo'yicha sud 31 iyulga belgilangan. Portugaliyalik futbolchi sudda o'z manfaatlarini himoya qilishi uchun ikki advokat yollagan.
Опубликовано: DoNni (13-07-2017, 01:21)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!

vote-iconОПРОС
SuperUZ.CoM saytini qayerdan topdingiz?
Qo`shiq reklamalaridan
Internet sahifalaridan
Klip reklamalaridan
Dustim taklif qildi
Uzim bilardim

РЕКЛАМА

Шаблоны для DLEторрентом
Всего на сайте: 11
Пользователей: 1
Гостей: 10
Nikolnax